Namangan viloyatida qurilish sifatini nazorat qilish ishlari davom etmoqda
Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilish jarayonlarining sifatli va loyiha talablariga muvofiq bajarilishini ta’minlash bo‘yicha muntazam nazorat ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Uychi tumanida “Olmos Uychi” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan 5 qavatli ko‘p xonadonli uyda o‘tkazilgan o‘rganish davomida bir qator kamchiliklar aniqlangan. Jumladan, binoning 5-qavatidagi sanuzel qismlarida parda devorlar uchun terim setkalari o‘rnatilmagani, g‘isht terishda vertikal choklar qorishma bilan to‘liq to‘ldirilmagani, shuningdek, ishchilarning mehnat muhofazasi qoidalariga zid ravishda maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanmagani qayd etildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan quruvchiga yozma ko‘rsatma berildi va loyihaviy talablarga javob bermaydigan sifatsiz bajarilgan ishlar buzdirildi.