Namangandanda qurilish sohasida shaffoflikni taʼminlash, noqonuniy holatlarning oldini olish va qonun ustuvorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
Namangandanda qurilish sohasida shaffoflikni taʼminlash, noqonuniy holatlarning oldini olish va qonun ustuvorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri SH.Hidoyatov, Bosh prokuror oʻrinbosari S.Samadov hamda soha mutaxassislari, buyurtmachi, pudratchi va loyiha tashkiloti rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda qurilish sohasining yashirin iqtisodiyotdagi ulushi yuqoriligicha qolayotganligi, shuningdek, ishchi kuchi va texnikalardan norasmiy foydalanish, qurilish materiallarini hisobotlarda qayd etmaslik hamda qurilish qiymati bozor narxidan kelib chiqib hisoblanmayotganligi holatlariga toʻliq barham berilmaganligi tanqid qilindi.
Yigʻilish davomida buyurtmachi, loyihachi va quruvchi tashkilotlarning ushbu holatlarni oldini olish boʻyicha taklif, fikr va mulohazalari tinglandi.