Navbatdagi onlayn qabul Sergeli tumani hokimligida bo’lib o’tdi
Har bir murojaat nazoratda!
Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi tomonidan poytaxtimizning barcha tumanlarida onlayn qabullar tashkil etilib, yurtdoshlarimizning kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilinmoqda.
Navbatdagi onlayn qabul Sergeli tumani hokimligida bo’lib o’tdi.
Jonli muloqotda vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva boshchiligidagi mutasaddilar, xususan, suv, issiqlik, gaz, elektr energiyasi ta’minoti, chiqindi korxonalari vakillari, sohada nazorat olib boruvchi inspektorlar hamda ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari ishtirok etdi.
Muhokamalar va qizg’in bahs asosida tumani aholisi vakillarining 40 dan ortiq murojaati o’rganib chiqildi. Bir qator boshqaruv organlarining faoliyatidagi kamchiliklar tanqid qilinib, aholi e’tibor berishi lozim bo’lgan jihatlar yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.