UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Navoiy shahar "Bunyodkor" MFY hududida qurilayotgan ko’p qavatli turar-joy binosida nazorat tadbiri o'tkazildi.

Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan buyurtmachi  "Sputnik Аvto Servis" MCHJ tomonidan Navoiy shahar "Bunyodkor" MFY hududida qurilayotgan  ko’p qavatli  turar-joy binosida  nazorat tadbiri o'tkazildi.

Buyurtmachining texnik nazoratchisi monitoring ishlarini amalga oshirmaganligi sababli quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

  • obyektga sifatsiz  temirbeton plitalar  qabul qilingan hamda  montaj qilingan;
  • ijro hujjatlari,  jumladan, umumiy ishlar va beton ishlari jurnali, qurilish materiallarining kirim jurnallari o'z vaqtida yuritilmagan;
  • beton ishlari uchun laboratoriya xulosalari taqdim etilmadi.

Qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachiga “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi  orqali ko‘rsatmalar berildi hamda  sifatsiz bajarilgan temir beton plitalar inspeksiya xodimlari tomonidan joyida demontaj qildirildi.