Navoiy shahridagi Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab 2 ta manzilda issiqlik tizimi obyektlarini kapital taʼmirlash ishlari olib borilmoqda
Shu kunlarda Navoiy shahridagi Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab 2 ta manzilda issiqlik tizimi obyektlarini kapital taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi vakillari mazkur hududda olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi. Mutasaddilarga kerakli tavsiyalar berildi.
Maʼlumot uchun:
Navoiy viloyati “Issiqlik taʼminoti” MCHJ tomonidan 2025-2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 16 km issiqlik tarmoqlarini mukammal va joriy taʼmirlash, 33 ta qozon hamda 79 ta nasos uskunalarini joriy taʼmirlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 17,9 km issiqlik tarmoqlari 33 dona qozon va 79 dona nasos uskunalari joriy va mukammal taʼmirlandi.