UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Navoiy viloyat Qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Kun.uz telegram kanalida koʻrsatib oʻtilgan “Yangi Oʻzbekiston” massivida qurilgan “dom”ning shuvogʻi koʻchib tushdi” mavzusidagi holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Postda keltirilgan obyekt Navoiy viloyati Karmana tumani “Yangi Oʻzbekiston” massivi hududida “ALISHER QURUVCHI SERVIS” korxonasi tomonidan qurilgan boʻlib, u 2023-yilning 12-mayida foydalanishga qabul qilingan.

Holat yuzasidan Navoiy viloyat Qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi masʼullari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi va quyidagilar aniqlandi:

• pudratchi tashkilot - “ALISHER QURUVCHI SERVIS” XK tomonidan loyiha talablarida koʻrsatilgan energiya tejovchi parametrlarni hisobga olgan holda turar-joy obyektining tashqi devorlariga harorat saqlovchi bazalt qoplamasi montaj qilingan. Qoplama ustki qismidan qurilish toʻri bilan asosga mahkamlanib, suvoqlash va pardozlash ishlari bajarilgan; 

• kuchli yogʻingarchilik davrida bino yon tomoni, yaʼni 5- va 4-qavat oraligʻida bazalt qoplamasi orasiga yomgʻir suvlarining doimiy kirib turishi natijasida qoplama koʻp miqdorda suv massasiga toʻyingan. Natijada bazalt ogʻirligi oshib ketib, yaxlit asosga mahkamlangan qurilish toʻri  bilan birga  bazalt plitalar  ajralib tushgan.

Holat yuzasidan shu kunning oʻzida pudrat tashkiloti tomonidan sifatsiz holga kelgan fasad qismini qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.