UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Navoiy viloyati Navbahor tumani "Qorovultepa" MFY hududida  buyurtmachi "Pure Nature oils" MCHJ tomonidan qurilayotgan ma'muriy bino obyektida monitoring o'tkazildi

Navoiy viloyati Navbahor tumani "Qorovultepa" MFY hududida  buyurtmachi "Pure Nature oils" MCHJ tomonidan qurilayotgan ma'muriy bino va yordamchi  hamda omborxona binosi obyektida monitoring o'tkazildi.

Natijada unda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

ijro hujjatlari, umumiy ishlar jurnali, mualliflik nazorati jurnallari o'z vaqtida yuritilmagan;

tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlaridan chetga chiqish hamda me’yoriy hujjatlarning qurilish-montaj ishlarini bajarishga doir talablar buzilgan; 

mavjud binolarda loyiha-smeta hujjatlarisiz va ro'yxatdan o'tmasdan noqonuniy ravishda rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

Qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi, loyihachi va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi. Noqonuniy ravishda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarini to'xtatish to'g'risida dalolatnoma va buyurtmachiga nisbatan MJKTning 99-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma hujjatlari ham rasmiylashtirildi.