UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining “Malikobod” mahallasida "Yangi O‘zbekiston" massivining ikkinchi bosqich qurilishi taklif loyihasi ishlab chiqildi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining “Malikobod” mahallasida "Yangi O‘zbekiston" massivining ikkinchi bosqich qurilishi taklif loyihasi ishlab chiqildi

Massiv uchun jami 20 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, bu yerda jami 2 000 dan ortiq xonadonli 60 ga yaqin ko‘p qavatli uylar, maktab, maktabgacha ta‘lim tashkiloti, oilaviy poliklinika, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, istirohat bog‘i, ichimlik suvi, elektr, tabiiy gaz, issiqlik ta‘minoti obyektlari, kanalizatsiya tarmog‘i, massiv ichki yo‘llari qurilib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. 

Loyihaning birinchi bosqichida 200 xonadonli 8 ta uy qurib bitkazilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichida 7 ta 9 qavatli uylar barpo etilishi va ushbu uylarga ko‘chib keladigan aholining munosib shart-sharoitlarda yashashi uchun zaruriy kommunikatsiya tarmoqlari tortilishi rejaga kiritilgan.