UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari

Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Tomdi tumani  "Tomdibuloq" MFY  hududida   Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi  buyurtmasi asosida qurilayotgan 500 MVt quvvatga ega Zarafshon shamol elektr stansiyasini qurilish obyektida monitoring ishlari o'tkazildi.

Tekshiruv davomida buyurtmachining texnik nazoratchisi, loyiha tashkilotining mualliflik nazoratchisi hamda pudrat tashkilotning ichki nazorat ishlarini belgilangan tartibda olib borishlari hamda  qurilish-montaj ishlarini normativ hujjatlarga qat'iy rioya qilgan holda tashkil etishlari yuzasidan ko’rsatmalar berildi.