UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Umumiy turar - joy binosi bu sizning shaxsiy mulkingiz emas!

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahri markazidagi ko‘p qavatli uylarning biriga mulkdor tomonidan lift o‘rnatilayotganligi haqida e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: 

Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 29-yanvarida Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 39 D-sonli ko‘p kvartirali uy o‘rganildi.

Unga koʻra ushbu binoning 10-qavati (pentxaus)da joylashgan 2 ta 46 va 47-xonadonlarni xarid qilgan mulkdor binoning tashqi yon fasad qismidan faqatgina o‘zi foydalanishi uchun lift qurilmasi o‘rnatilayotganligi aniqlandi. 

 Mulkdor inspeksiyaning lift qurilmasini o‘rnatish yuzasidan asoslantiruvchi hujjatlar boʻyicha so‘roviga tegishli tashkilotlar tomonidan imzolangan taklif loyihasini taqdim etgan. 

Mulkdorga koʻp kvartirali uyning umumiy mulkidan foydalanish qoidalari, bunda aholi oldiga qoʻyildigan talablar tushuntirilgan va joriy yilning 29-yanvar sanasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani bartaraf etish bo‘yicha tegishli tartibda majburiy ko‘rsatma berilgan.

Holat yuzasidan 2024-yil 1-fevral kuni Navoiy shahar prokuraturasiga tegishli hujjatlar taqdim qilingan.

Ma’lumot oʻrnida ta’kidlash lozimki, Oʼzbekiston Respublikasining “Koʼp kvartirali uylarni boshqarish toʼgʼrisida”gi Qonuniga ko‘ra ko‘p kvartirali uydagi umumiy joylar, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘rama) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari hamda boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yеrto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari hamda kommunikatsiyalari, joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskuna va qurilmalar umumiy mol-mulkdir. Umumiy mol-mulk joylarning mulkdorlariga umumiy ulushli mulk huquqi asosida tegishli hisoblanadi.