UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Navoiy VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA HUDUDIY NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI (MUNOSABAT)

Navoiy shahri Navoiy ko'chasi 49-a uy 7-sonli yotoqxonada yashovchi bir guruh fuqarolarning “BASTION” telegram kanaliga qilgan murojaati  tegishli mutaxassislar tomonidan joyida oʻrganib chiqildi.

Jarayonda “IPAK YO”LI PAXTA TRANS SERVIS” MCHJ tomonidan haqiqatan koʻp qavatli turar-joy binosi qurilayotganligi, ushbu binoga tegishli loyiha asosida issiqlik uzatish quvurini olib oʻtish uchun handaq-kotlovan kavlaganligi, natijada ichki yoʻlning  bir tomoni yopilib qolganligi maʼlum boʻldi.

MCHJ maʼmuriyatiga fuqarolarning murojaati mazmuni tushuntirildi va tez kunlarda issiqlik suv quvurlari montaj qilinib, mavjud muammolar bartaraf qilinishi yuzasidan tushuncha berildi. 

Ma'lumot uchun, obyekt inspeksiyasidan 2021-yil 17-iyun kuni ro'yxatdan o'tgan. Hozirda hududda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.