UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (REYD)

Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan, Navoiy shahri “Bunyodkor” MFY hududida buyurtmachi “SPUTNIK AVTO SERVIS” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar joy o'rganilganda quyidagi qoidabuzarliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlandi:

  • obyektda g'isht terish ishlari zilzilaviy hududlarda qurilish me'yoriy talablari asosida bajarilmagan;
  • nazorat davri davomida beton ishlari uchun laboratoriya xulosalari to'liq taqdim etilmadi;
  • ijro hujjatlari  jumladan, umumiy ishlar jurnali, beton ishlari jurnali, qurilish materiallarining kirim jurnallari o'z vaqtida yuritilmagan.

Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi va loyiha tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi hamda buyurtmachi pudrat tashkilotining texnik va ichki nazoratchilariga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, sifatsiz ishlar buzdirildi. Shuningdek, obyektdagi qurilish ishlari to'xtatildi.