UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qurilayotgan ko’p qavatli turar-joy binosida  nazorat tadbiri o'tkazildi

Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Navoiy shahar “Yoshlik” MFY hududida buyurtmachi  “THE ALFA GRAND BUILDINGS” MCHJ  tomonidan qurilayotgan ko’p qavatli turar-joy binosida  nazorat tadbiri o'tkazildi.

Buyurtmachining texnik nazoratchisi nazorat ishlarini amalga oshirmaganligi oqibatida obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi;

  • beton ishlari uchun laboratoriya xulosalari taqdim etilmadi;
  • yashirin ishlarni guvohlash dalolatnomalari to’liq rasmiylashtirilmagan;
  • obyektda ijro hujjatlari, umumiy ishlar jurnali, beton ishlari jurnali, qurilish materiallarining kirim jurnallari o'z vaqtida yuritilmagan.

 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi va  loyiha tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi hamda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar obyektda qurilish-montaj ishlari to'xtatildi.