Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Reyd tadbirlari)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosini ta'minlash bo‘yicha Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Navoiy shahridagi boshqaruv servis kompaniyalarining 24 soat faoliyat yuritadigan avariya-dispetchirlik xizmati faoliyatini o'rganish maqsadida reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Nazorat inspeksiyasi xodimlarining navbatdagi manzili Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan "Navoiy innovatsion kommunal servis" boshqaruv kompaniyasi bo’ldi. Shuningdek, mas’ullar tomonidan aholini issiqlik manbai bilan taʼminlash qozonxonalarining dispetcherlik avariya xizmatida tashkil etilgan tungi 24/7 rejimidagi faoliyati ham ko’zdan kechirildi.
O‘rganish ishlari viloyatning boshqa hududlarida davom etmoqda.