Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi markaziy qozonxonani rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi markaziy qozonxonani rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha qiymati qariyb 66 mlrd so‘mni tashkil etadi. Unga asosan quvvati 110 MVt bo‘lgan qozonxonada 5 ta isitish qozonlarini o‘rnatish hamda qozonxona binosini barpo etish rejalashtirilgan.