UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni bag’ishlangan tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi

Kuni kecha Navoiy viloyati Zarafshon shahrida O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Zarafshon qurilish boshqarmasi tashkil topganligining 60 yilligiga bag’ishlangan tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi. 

Marosimda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ham ishtirok etib, vazir Sherzod Hidoyatovning qurilish sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo’shib kelayotgan soha xodimlarini kasb bayrami hamda Zarafshon qurilish boshqarmasining 60 yilligi bilan yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi.

- 60 yil bu shunchaki raqam emas, balki g‘urur va mas’uliyat! Zero, bunda Zarafshon qurilish boshqarmasi zahmatkash jamoasining gidrometallurgiya zavodlari, kon va shaxtalar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, ijtimoiy soha obyektlari barpo qilinishidagi samarali mehnati mujassamdir,- deyiladi vazir tabrigida.

Ta’kidlash lozimki, so‘nggi 5 yillikda Jizzax viloyatining Zomin tumanida “NKMK” sanatoriysi, cho‘lda ishchi-xodimlar uchun Ishchilar shaharchasi, yotoqxonalar, sport maydonlari, Zarafshon shahrida Favvoralar sayilgohi, 100 o‘rinli imkoniyati cheklangan nogiron bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi, 504 o‘rinli ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Uchquduq tumanida “Oltinko‘l” dam olish majmuasi, “To‘dako‘l” dam olish bazasida Xalqaro shaxmat maktabi va boshqa ko‘plab obyektlar ham mazkur mehnatkash binokorlar tomonidan qurib, foydalanishga topshirilgan.

Tadbir yakunida fidoyilarning zahmatkash mehnati alohida e’tirof etilib, munosiblar tantanali ravishda taqdirlandi.