Navoiy viloyatida faoliyat olib borayotgan 50 ga yaqin qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari, loyihachilar, kommunal xoʻjaligi vakillari, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun ochiq muloqot
Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida Navoiy viloyatida faoliyat olib borayotgan 50 ga yaqin qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari, loyihachilar, kommunal xoʻjaligi vakillari, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirni vazir oʻrinbosari Ozoda Jo‘rayeva olib borayapti.
Ma'lumot uchun, 2024-yilning 1-iyul holatiga qurilish sohasida jami 30 021 ta korxona, tashkilotlar faoliyat koʻrsatib kelayotgan bo‘lsa, shundan Navoiy viloyatida faoliyat yuritadiganlarining soni 1 222 tani tashkil etadi.


Muloqot davomida 30 ga yaqin muammo va takliflar ko‘rib chiqilmoqda.
Masalan, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidan murojaat qilgan tadbirkorni koʻp qavatli uy qurilishida ruxsatnoma olish bilan bogʻliq muammo qiynamoqda. Navoiy shahri Nizomiy ko‘chasida qurilish qilmoqchi bo‘lgan tadbirkor esa ko‘p qavatli uy qurish uchun yer taklif sxemasi Arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan rad etilayotganini aytdi.
Xususan, kommunal soha, reyting, hujjatlar ekspertizasi, "Shaffof qurilish" MAT tizimida muammolarga duch kelayotgan har bir tadbirkor jarayonda diqqat bilan tinglanmoqda.



