Navoiy viloyatida so‘nggi 5 yilda 415 ta 15,5 mingta xonadonli (930 ming kv metr) uylar qurilib, foydalanishga topshirildi
Navoiy viloyatida so‘nggi 5 yilda 415 ta 15,5 mingta xonadonli (930 ming kv metr) uylar qurilib, foydalanishga topshirildi.
Joriy yilning yanvar oyidan hozirgacha hududda 1 448 xonadonli 25 ta (87 ming kv metr) turar joy qurib bitkazilgan.
Xususan:
“Yangi O‘zbekiston” massivlarida 830 xonadonli 17 ta uy-joylardan 330 xonadonli 9 ta;
uy-joyga talab yuqori bo‘lgan boshqa hududlarda 3 170 xonadonli 41 ta uy-joylardan 16 tasi foydalanishga topshirildi.
2024-yil yakuniga qadar jami 33 ta ko‘p qavatli uylarda qurilish ishlari to‘liq yakunlanishi rejalashtirilgan.