UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Navoiyda viloyat hokimi va qurilish sohasi mutasaddilari ishtirokida hududlardagi qurilish ishlari o'rganildi

Navoiyda viloyat hokimi va qurilish sohasi mutasaddilari ishtirokida hududlardagi qurilish ishlari o'rganildi.

Dastlab, Navoiy shahrining Mahmud Torobiy ko‘chasida qad rostlayotgan zamonaviy hamda kreativ dizaynga ega kutubxona qurilishi ko'zdan kechirildi.  Mazkur kutubxona 230 kitobxonni qabul qilishga mo‘ljallangan. U imkoniyati cheklanganlar uchun ham alohida qulayliklarga ega bo'ladi. 

Keyingi manzil esa "Yangi hayot" qurilish kompaniyasi tomonidan qad rostlayotgan turar joy majmuasi bo'ldi.  Mazkur ko'p qavatli uy hozirgi zamon talablariga mos va o'ziga xos uslubda bunyod etilgani bilan ajralib turadi. Mavzeda turar joy binolaridan tashqari ijtimoiy soha obyektlari ham barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Shundan so'ng ishchi guruhi Karmana tumani "Varq" mahallasida bo'ldi. Bu yerda aholi uchun ijtimoiy obyektlar tashkillashtirilishi, qurilib foydalanishga topshirilishi davom etmoqda. Xususan, 50 kishilik qatnovga mo‘ljallangan oilaviy shifokorlik punkti va 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti shular jumlasidan.

Mutasaddilarga ishlarni qisqa muddatlarda, sifatli qilib yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.