Nazariy bilimlar amaliyot bilan mustahkamlanmoqda
Ta’kidlab kelayotganimizdek, Kompetensiyani rivojlantirish institutida ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi rahbarlarining amaliy ko’nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, 77-mavsum tinglovchilari uchun amaliy mashg'ulotlar boshlab yuborilgan. Ishtirokchilar poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida joylashgan "Classik building kommunal" boshqaruv servis kompaniyasida bo’lib, amaliy bilimlarini oshirdilar.
Kompaniya tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyatlari, qo’shimcha servis xizmatlar hamda boshqaruv binosida aholi hamda ishchi xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko’zdan kechirildi. Shu bilan birga hujjatlar bilan ishlash, murojaatlarni qayd etish va bartaraf etish jarayonlari o’rganildi.