Nazorat inspektorlarini maqsadli hamda qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishda amaliyotga tatbiq etilgan yangicha yondashuvlarni o‘rgatish va sertifikatlash tizimini joriy etish mavzulariga bag'ishlangan navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida hududiy inspeksiyalarning mas’ul xodimlari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-151-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 460-sonli qarorlariga muvofiq nazorat inspektorlarini maqsadli hamda qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishda amaliyotga tatbiq etilgan yangicha yondashuvlarni o‘rgatish va sertifikatlash tizimini joriy etish mavzulariga bag'ishlangan navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Shuningdek, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-son qaroriga muvofiq ayrim qarorlarga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, jumladan, 2024-yil 1-apreldan hududiy inspeksiyalardan ro‘yxatdan o‘tmasdan qurilgan obyektlarni instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazib, foydalanishga ruxsat berish ishlarining to‘xtatilishi to‘g‘risida mas'ullarga tushuntirishlar berildi.





