Nazorat qilish inspeksiya rahbari boshchiligidagi ishchi guruh sinov laboratoriyasida boʻlib turibdi
Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyati hududiy inspeksiyasining sinov laboratoriyasida boʻlib turibdi.
Mazkur laboratoriyada bugungi kunda qurilish materiallarini sinovdan oʻtkazish, binolar va inshootlarni instrumental-texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlari amalga oshiriladi.
Inspeksiya rahbari tomonidan sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, tizimda raqamlashtirishni takomillashtirish, shaffoflikni taʼminlash va ish samaradorligini oshirish borasida masʼullarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga laboratoriya faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari tegishli mutaxassislar bilan muhokama qilinmoqda. Xususan, qurilish va nazorat sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning amaldagi muammolari ham oʻrganilyapti.