Nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i o'rinbosari hamda boshqa masʼullar Samarqand viloyatida boʻlib turibdi
Ko‘p qavatli uylarga sifatli xizmat ko‘rsatish, aholining muammolariga yechim topish ularning oʻz turmushidan rozi bo‘lib yashashini ta‘minlashga xizmat qiluvchi omillar hisoblanadi.
Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i o'rinbosari Azlar Sodiqov hamda boshqa masʼullar ayni kunlarda Samarqand viloyatida boʻlib turibdi. Joylarda sayyor qabullar tashkil etilib, aholining sohaga doir muammolari oʻrganilmoqda.
Xususan, mas’ullar Ishtixon tumanida bo'lib, ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatish holatini o'rgandilar. Yuridik va jismoniy shaxslarning qator masalalarini joyida bartaraf etish choralari koʻrildi, shuningdek, aholi vakillariga huquqiy tushuncha berildi.
Ayni tadbir Jomboy tumanida ham boʻlib oʻtdi. Unda viloyatda qurilish va kommunal masalalar bilan bogʻliq 30 ga yaqin murojaatlar qayd etildi. Joyiga chiqqan holda oʻrganish talab etiladigan 10 dan ortiq masalalar boʻyicha aniq reglament belgilab olindi.




