UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari  tomonidan Yangiyo'l shahrida joylashgan ko'p qavatli turar joylarning  texnik saqlanishi xatlovdan oʻtkazilganda   oʻzboshimchalik bilan vakolatli tashkilotlar ruxsatisiz umumfoydalanishdagi hududlar egallanib, qoʻshimcha qurilma qurib olish hamda yertoʻladan foydalanish qoidalariga amal qilmaslik holatlari aniqlandi.

Jumladan,Yangiyo'l shahri Toshkent shoh ko'chasida joylashgan ko'p qavatli turar joy binolarining yon hamda old  qismlarini fuqarolar o'zboshimchalik bilan egallab olganligi ma'lum bo'ldi va ushbu aniqlangan holatlar inspeksiya xodimlarining bergan yozma ko'rsatmalariga asosan buzdirilib, o'z holatiga keltirildi.

Yana bir holat Buxoro viloyatida ham qayd etildi. Gap shundaki, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan  Alpomish ko'chasidagi 17/3 va 17/4-uylar o‘rganilganda uyning tutash hududida yengil konstruksiyali ayvon qurilganligi hamda  noqonuniy eshik ochilganligi ma'lum bo'ldi.

Mazkur holat yuzasidan mulkdorlarga turar joylarni saqlash va ulardan foydalanishga oid qonunchilik tushuntirilib,  Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan jarima jazosi tayinlanishi to‘g‘risida  ogohlantirildi.