O‘rganish ishlari davomida inspeksiya rahbari boshligidagi ishchi guruh Yashnobod tumanida qurilgan turar joy binosini ham koʻzdan kechirishdi
O‘rganish ishlari davomida inspeksiya rahbari boshligidagi ishchi guruh Yashnobod tumani Aviasozlar 5-tor koʻchasi 47-manzildagi “MILLENIUM TOWERS STORY” MChJ tomonidan qurilgan turar joy binosini ham koʻzdan kechirishdi.
Obyektda eng avvalo, inspeksiyani xabardor etmagan holda qurilish-montaj ishlari olib borilgan. Holat yuzasidan bir necha bor ko'rsatma va ogohlantirishlar berilgan. 2021-yil 16-mart kuni MJtKning 99-moddasi 7-qismi bilan MChJ rahbari I.Rahmonovning ma'muriy ishi Yashnobod tumani Jinoyat ishlari boʻyicha sudiga yuborilib, u javobgarlikka tortilgan.
Xususan, noqonuniy qurilish ishlari yuzasidan chora ko'rishlarini so'rab tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritilgan. MCHJga 2024-yil 5-iyulda yana tekshiruv o’tkazish haqida xabarnoma yuborilib, holat o'zgarmagani ma'lum bo'lgach, 2024-yil 5-sentabrda MJKTning tegishli moddasiga asosan yana jarima jazosi qo'llanilgan.
Inspeksiya rahbari obyekt bo'yicha har bir jihatni o'rganib chiqib, mutasaddilarga tegishli topshiriq hamda vazifalarni berdi.




