O‘zbekiston binolarining renovatsiyasi jarayonida energosamaradorlikni ta'minlash (SEMINAR)
So‘nggi yillarda yurtimizda energiya resurslaridan samarali foydalanish, eng muhimi, aholini sifatli, toza va arzon narxlardagi energiya manbalari bilan ta'minlash maqsadida mamlakatning "yashil" iqtisodiyotga o‘tishi ustuvor masalalardan sanaladi.
Mazkur muhim bosqichda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda GIZ va DENA tashkilotlari shaharsozlik norma va qoidalarini modernizatsiya qilish, hamkorlikda seminar treninglar o‘tkazish va rejadagi ishlarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida tashkil etilgan seminar “O‘zbekiston binolarining renovatsiyasi jarayonida energosamaradorlikni ta'minlash” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda FELICITY II Markaziy Osiyodagi bo'linmasi rahbari Mari An Serv, DENA agentligining xalqaro qurilish masalalari bo‘yicha direktori Tilo Kuns, qator xorijiy tashkilotlar vakillari, mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi.
.jpg)





