O‘ZBEKISTON BINOLARINING RENOVATSIYASI JARAYONIDA ENERGOSAMARADORLIKNI TA'MINLASH (SEMINAR)
Seminar binolarni renovatsiya qilishda energosamaradorlikka erishish yo'lida samarali, o'zaro manfaatli taklif va fikr-mulohazalarga boy tarzda davom etdi.
Xalqaro hamkorlar ishtirokidagi mazkur tadbirni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad:
- binolarning renovatsiyasida energotejamkorlik bo‘yicha Germaniya tajribasini o‘rganish;
- energiya auditini o'tkazishning texnik masalalarini muhokama qilish va tizimni o'rganish;
- loyiha haqida umumiy ma'lumot berish, xususan, kompleks modernizatsiya yondashuvi rejasi,
binolar, energiya auditlari va loyihalash bosqichlari xususida;
- jamiyatni xabardor qilish (qurilish kompaniyalari, energiya auditi va loyiha tashkilotlari, material va uskunalar ishlab chiqaruvchilar va
tegishli uyushmalar, xalqaro tashkilotlar,
nodavlat-notijorat tashkilotlari);
- barcha manfaatdor tomonlar uchun potentsial imtiyozlar, imkoniyatlarni muhokama qilish, O'zbekistondagi turar-joy sektorini energiya tejamkor usulda modernizatsiya qilish bo'yicha tadbirlarni kuchaytirish singari muhim jihatlardan iborat.

Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov:
- O‘zbekiston o‘zining energetik landshaftini o‘zgartirish va barqaror kelajakka yo‘l ochish uchun noyob imkoniyatlarga ega. Biroq shunday maqsadga erishish uchun barcha manfaatdor tomonlarning, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar, qurilish, energetika hamda investorlar va xususiy sektorning birgalikdagi sa'y-harakatlari talab etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 151-sonli Farmoniga asosan bino-inshootlarni energiya samaradorlik nuqtai nazaridan audit qilish Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi zimmasiga yuklatildi.
Shunga ko‘ra bino-inshootlarning energiya auditi, energiya resurslar hajmi bo‘yicha obyektiv ma'lumotlarni olish, ularning ko‘rsatkichlarini aniqlash, yo‘qotishlarni kamaytirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha texnik-iqtisodiy tadbirlarni oshirish maqsad qilingan.
Hamkorligimiz davom etishiga ishonch bildiramiz va loyihaning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.


