UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

O‘zbekiston–Malayziya biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston–Malayziya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ham ishtirok etdi.

Tadbirda ikki davlat o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning istiqbollari, mamlakatdagi ochiq va investorlarga qulay muhit hamda yaratilayotgan sharoitlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari tomonlar energetika, savdo, sanoat, infratuzilma va xizmatlar sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarida fikr almashdi.

Tadbirda O‘zbekiston investitsiya muhitining afzalliklari, mamlakatning iqtisodiy salohiyati va biznes aloqalarining huquqiy asoslari va boshqa yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, forum nafaqat rasmiy taqdimotlar, balki O‘zbekiston va Malayziya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi yuzma-yuz muloqot (B2B) maydoniga aylandi hamda tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va takliflar, qator kelishuvlar muhokama qilindi.