O‘zbekiston va Turkiya Ishbilarmonlar uyushmasi hamkorligida “Zilzila va Zamin: Tabiiy ofatlar oqibatlarini kamaytirish va barqaror rivojlanish” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston va Turkiya Ishbilarmonlar uyushmasi hamkorligida “Zilzila va Zamin: Tabiiy ofatlar oqibatlarini kamaytirish va barqaror rivojlanish” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga xalqaro ekspertlar, tadbirkorlik subyektlari va ilmiy soha vakillari taklif etilgan. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
Anjumanda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. Seysmik xavfsizlikni kuchaytirish: Qurilish sohasida xalqaro standartlar asosida zilzilabardosh infratuzilma yaratish;
2. Innovatsion yechimlar: Zilzila oqibatlarining oldini olish va yumshatish uchun zamonaviy texnologiyalar hamda ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish yo‘llari;
3. Hamkorlikni rivojlantirish: Xorijiy rivojlangan davlatlar tajribasi asosida zilzilaga tayyorgarlik bo‘yicha kooperatsiyani mustahkamlash.
Tadbirda turkiyalik mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zilzila xavfini kamaytirish bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni taqdim etdi. Shuningdek, yangi loyiha va tashabbuslar ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.