UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

O'zbekiston xalqaro NDPlar bazasiga rasman a'zo bo'ldi!

Xabaringiz bor, O'zbekistonda Yevrokodlarni implementatsiya qilish ishlari boshlangan. Bu jarayonda har bir davlat o'zining geologik, seysmik va boshqa xususiyatlarini hisobga olib, milliy belgilangan parametrlarini (NDP - Nationally Determined Parameters) ishlab chiqishi lozim.  

 Boshqa davlatlar tajribasini o'rganish va milliy normalarni xalqaro standartlarga uyg’unlashtirish muhim ahamiyatga ega. Shu sababli O'zbekiston Yevropa Komissiyasining Qo'shma Tadqiqot Markazi (JRC) NDPlar bazasiga rasman a'zo bo'ldi. 

Ushbu yopiq ma’lumotlar bazasi Yevrokodlarni implementatsiya qilayotgan davlatlar ishlab chiqqan milliy ilovalarni o’z ichiga oladigan xalqaro ekspertlar muhokamasi uchun maxsus platforma hisoblanadi. 

Endi milliy ilovani ishlab chiqish jarayonida boshqa davlatlarning normativ hujjatlarini ko'rish, taqqoslash va ulardan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu ma'lumotlar yordamida O'zbekistonning milliy ilovasini ishlab chiqish va uni xalqaro NDPlar bazasiga yuklash vazifasi qo'yilgan.  

Yevrokodlarni joriy qilish bo'yicha ishlar davom etmoqda.