“O‘zbekistonda energiya samarador qishloq turar-joy binolari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi asosida Navoiy shahrida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi Global Ekologik Fond va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining “O‘zbekistonda energiya samarador qishloq turar-joy binolari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi asosida Navoiy shahrida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Unda Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi arxitektorlari, loyiha tashkilotli mutaxassislari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
Seminar-treningda bino insolyatsiyasi va energiya samaradorlik, quyosh nurlanishini binoga taʼsirini o‘rganish vositalari, arxitektura loyihalari uchun quyosh nurlanishini baholash dasturiy taʼminotlari bilan ishlash, binoni to‘g‘ri joylashtirish, deraza-romlari o‘lchamlari va joylashishini belgilash bo‘yicha taqdimot hamda amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.



