UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

O’zingizga chiqindilar orasida yashashni ravo ko’rmang!

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ko’p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorligini o’rganish maqsadida hududlarda bo’ldi.

Yunusobod tumani 11-dahada faoliyat yurituvchi “Geo servis ta’mir” boshqaruv servis kompaniyasi o’rganilganda bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Xususan, atrof hududlarni tozalashdan chiqqan chiqindilar uchun maxsus joy belgilanmaganligi ko’p qavatli uylar atrofida tartibsizliklarni keltirib chiqargan. Shuningdek, aholi tomonidan noqonuniy ravishda o’rab olinib, e’tiborsiz qoldirilgan hududlar bo’yicha hech qanday chora ko’rilmagan. 

Obodonlashtirish masalalarida boshqaruv organining e’tiborsizligi tufayli qator kamchiliklar yig’ilib qolgan. Uylarning yerto’lalari ham qoniqarsiz holatda.

Vazir o’rinbosari mazkur holatlarni qat’iy tanqid qilib, bartaraf etish bo’yicha boshqaruv organiga 3 kun muxlat berdi.

- Qanday qilib insonlar har kuni kirib-chiqadigan uylar atrofi shu holatga kelishiga qarab turish mumkin. Bu mas’uliyatsizlik, ishonchga bo’lgan xiyonatdir,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

Jarayonga mahalla faollari jalb qilinib, aholi orasida targ’ibot ishlarini kuchaytirish bo’yicha vazifalar berildi.