OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani "Yangi O'zbekiston" massivida barpo etilayotgan obyektlar bo'yicha bo'lib o'tgan press-tur davomida dastlab yangi qurilayotgan issiqlik qozonxonasi ko'zdan kechirildi.
Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga asosan “Yangi O’zbekiston” massivini barpo etishning birinchi bosqichda 14 ta koʼp qavatli uy, 1 008 ta xonadonni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida alternativ yoqilg’iga moslashtirilgan hamda energiya tejamkor avtomatlashtirilgan texnologiya asosida markazlashgan qozonxona qurilib, rejaga asosan 14-ta ko'p qavatli uylarga to'liq tarmoqlar tortilgan.
"Yangi O'zbekiston" massivida 864 xonadonga ega 12 ta ko'p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan bo'lib, bugungi kunda 4 tasi foydalanishga topshirilgan. Qolgan obyektlarda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, yangi qurilayotgan bino va inshootlarni qurish jarayonlarida seysmik xavfsizlik, zilzilaga bardoshliligi bo'yicha doimiy ravishda labaratoriya tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan jurnalistlarning barcha savollariga atroflicha javob berildi.