UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

OLIY MAJLIS SENATIDA QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI VAZIRLIGINING SOHADA OCHIQLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARI YUZASIDAN AXBOROTI ESHITILDI (2)

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislarini malakasini oshirish

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish, ularning bilimini davriy ravishda baholab borish maqsadida vazirlik qoshida Kompetentsiyani rivojlantirish instituti tashkil etildi

Institut tomonidan shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha 42 mingdan ortiq mutaxassislarni reja asosida o‘qitish bo‘yicha rivojlangan davlatlar mutaxassislari ishtirokida maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqildi. 
Maxsus o‘quv dasturlari soha yo‘nalishlari kesimida xorijiy hamkorlar (Turkiya) bilan birgalikda “Muhandislik va texnologiya bo‘yicha akkreditatsiya kengashi” – ABET (AQSh) tomonidan tan olingan xalqaro standartlar asosida ishlab chiqildi hamda Istanbul texnika universiteti tomonidan akkreditatsiya qilindi.

Elektron tizim Bilim va malakalarni baholash agentligining elektron tizimi bilan integratsiya qilingan bo‘lib, o‘qishni tugatgan mutaxassislar testdan o‘tishi va sertifikat olishi bilan bog‘liq jarayonlar inson omilisiz to‘liq raqamlashtirildi. 
Testda yetarli ballni qo‘lga kiritgan mutaxassis “Shaffof qurilish” MAT orqali QR-kod qo‘yiladigan elektron sertifikatni yuklab oladi va 3 yil davomida unda keltirilgan faoliyat turi bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'ladi.

 


Elektron reyting hamda elektron tender platformalari

Qurilish sohasida davlat xaridlarida ochiqlikni ta'minlash va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha elektron reyting hamda elektron tender platformalari joriy etildi.  

“Shaffof qurilish” MAT negizidagi “Reyting” axborot tizimida qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan tender savdolarida ishtirok etishi uchun ularning reytinglari hisoblab borilmoqda. Shuningdek, korxonalarning reytingi davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali shakllantirilgan. 

Reyting platformasida  2022-yilda  jami 20 140 ta qurilish-pudrat tashkiloti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi davrga kelib 23 576 taga ko‘paydi. Shuningdek, elektron reytingda mavjud korxonalar tomonidan joriy yilda 2021-yilga nisbatan:  
— soliq tushumlari 41 trln so‘mga;  
— maxsus texnikalari soni 2 barobarga;   
— band bo‘lgan aholi soni 58 foizga ortgan.