UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

OLIY MAJLIS SENATIDA QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI VAZIRLIGINING SOHADA OCHIQLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARI YUZASIDAN AXBOROTI ESHITILDI (3)

TENDER ELEKTRON PLATFORMASI

Qurilish sohasida davlat xaridlarining o‘tkazilishini ta'minlovchi maxsus elektron platforma vazirlik va idoralarning tizimlariga integratsiyalashgan ravishda ishtirokchilar haqidagi ma'lumotlarni inson omilisiz avtomatik ravishda olish imkonini beradi. Inson omili bartaraf etilgani hisobiga hamda ochiq va shaffof talablar belgilanishi natijasida qurilish-pudrat tashkilotlari o‘rtasida raqobat muhiti tobora sog‘lomlashib bormoqda. Xususan,
— platformada jami 47 546 ta tenderlar o‘tkazilgan bo‘lib, ularda jami 12 749 ta tashkilotlar ishtirok etgan;
— o‘tkazilgan tenderlarning jami qiymati 35.85 trln so‘m bo‘lib, ushbu tenderlarda 34.08 trln so‘mlik shartnomalar tuzilgan;
— elektron tender platformasida  tejab qolingan mablag‘lar 1.78 trln so‘mni tashkil etadi. 

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tenderlarda inson aralashuviga yo‘l qo‘yilmaganligi natijasida davlat obyektlarida ishtirokchilar soni doimiy ortib bormoqda: 2022-yilda bitta tenderda qatnashuvchilarning o‘rtacha soni 4 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘rtacha 6 ta ishtirokchi qatnashmoqda.

 


Aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishini takomillashtirilmoqda!

Aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida “Mening uyim” elektron tizimi ishga tushirildi. Tizimda boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan ko‘p qavatli uylar va ular haqidagi ma'lumotlar jamlangan. Ushbu tizim boshqaruv tashkilotlarining to‘lovlarni qabul qilish, uylar va ulardagi debitor qarzdorlik hisobini yuritish, shuningdek, aholi tomonidan yo‘llangan murojaatlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ishlarni tizimli tashkil qilishda yordam beradi. 

“Mening uyim” elektron tizimiga respublikadagi 40 852 ta ko‘p qavatli uylar kiritilgan bo‘lib, uylardagi 1.35 milliondan ziyod abonentlar mavjud. Ularga 822 ta boshqaruv servis kompaniyalari va 142 ta shirkatlar tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda. Tizim orqali 247.1 million so‘m miqdoridagi majburiy badal to‘langan. Debitor qarzdorlik 414.6 million so‘mni tashkil etadi. 
Tizimning mobil ilovasi ishlab chiqilganligi natijasida aholi tomonidan majburiy badallarni to‘lash, boshqaruv servis kompaniyasi ishini baholash va notariuslar bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda qulaylik yaratildi. Bugungi kunda mobil ilova foydalanuvchilari 15 000 dan ortiqni tashkil qiladi.