UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

OLIY MAJLIS SENATIDA QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI VAZIRLIGINING SOHADA OCHIQLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARI YUZASIDAN AXBOROTI ESHITILDI (4)

QURILISH SOHASIDA NORMATIV HUJJATLAR VA STANDARTLAR

Vazirlik huzuridagi Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan qurilish sohasida normativ hujjatlar va standartlarni takomillashtirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. Bu yo‘nalishda eng avval xalqaro tajribani o‘rganish va bu orqali normativ hujjatlar va standartlarni yevropa standartlariga moslashtirish nazarda tutilgan.

Qurilish sohasida narx shakllanish tizimini shaffoflashtirish hamda hajm uslubida smeta hisob-kitoblarini joriy etilishi uchun zamin yaratish maqsadida "Qurilish resurslari milliy klassifikatori" elektron tizimi joriy etildi. Tizim narxlarni real vaqt rejimida yangilab borilishini ta'minlash maqsadida Tovar xomashyo birjasi hamda Soliq qo‘mitasi tizimlari bilan intergayatsiyalashgan.  Bugungi kunda klassifikatorga 177 590 ta resurs kiritilgan va resurlarni kiritish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, keng jamoatchilikka qurilish sohasidagi texnik tartibotlar bilan qulay ravishda tanishish imkoniyatini yaratuvchi Shaharsozlik normalari mobil ilovasi ishlab chiqildi hamda 120 ta shaharsozlik normasidan erkin foydalanish imkoniyati yaratilgan. Shu bilan birga institut rasmiy veb saytda 33 64 ta standartlardan iborat reyestr shakllantirildi.