UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Oliy Majlis Senatida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mamlakatimizda olib borilgan islohotlar natijasida qator xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rni yaxshilanganligi taʼkidlandi.

⛓ Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida “S&P”, “Fitch” va “Moodyʼs” xalqaro reyting agentliklari tomonidan O‘zbekistonning suveren kredit reyting kutilmasi ilk bor “barqaror”dan “ijobiy”ga oshirildi. Iqtisodiy erkinlik indeksida O‘zbekiston 9 pog‘onaga ko‘tarilib, 184 ta mamlakat orasida 100-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Barqaror rivojlanish maqsadlari indeksida 19 pog‘onaga yuqorilab, 167 ta davlat orasida 62-o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, olib borilayotgan islohotlardan kelib chiqib, yangi ustuvor xalqaro reytinglar bilan ishlash haqida so‘z bordi.

Shuningdek, yig‘ilishda 2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar dasturlarining birinchi yarim yillikdagi ijro holati ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Barqaror rivojlanish maqsadlari indeksida pasayish kuzatilgan, o‘zgarishsiz qolgan hamda maʼlumot mavjud bo‘lmagan tarkibiy indikatorlarda O‘zbekiston ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi loyihasi ham muhokama qilinib, Respublika kengashining tegishli qarori qabul qilindi.