UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Ommaviy sayyor qabul

Joriy yilning 12-16-may kunlari Respublika ishchi guruhi tomonidan Xorazm viloyatida vazirlik va tashkilot rahbarlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir bo‘lgan chegara hamda chekka hududlardagi aholi bilan muloqotni tashkil etish, ishsizlik va kambag’allik darajasini qisqartirish hamda mahallalarni obodonlashtirish, infrastrukturasini yaxshilash borasida joylarda ommaviy sayyor qabul o‘tkazilmoqda. 

Kuni kecha Muhammad al Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali binosida Urganch shahri va Urganch, Yangibozor, Xonqa tumanlaridan kelgan fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda hududlardagi qurilish, kommunal soha bo’yicha aholini qiynayotgan murojaatlar ham tinglandi. 

Har bir murojaatchining masalasi viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i M.Kalandarov tomonidan nazoratga olindi. Soha mas’ullariga esa mazkur muammolar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. 

Ma'lumot uchun, ommaviy sayyor qabul bugun Xiva shahridagi viloyat Pedagogika mahorat maktabi binosida Xiva shahri va Xiva, Yangiariq tumanlari aholisi uchun bo‘lib o‘tyapti.