Ommaviy sayyor qabul - xalq manfaati uchun!
Olmazor, Shayxontohur, Yunusobod tumanlari aholisi uchun bo’lib o’tayotgan sayyor qabul boshlandi.
Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva hamda Arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Azizxon Usmonov fuqarolarning uy-joy kommunal hamda qurilish sohasiga oid murojaatlarini qabul qilmoqdalar.
Xususan, ko’p qavatli uylarning umumfoydalanish mulkini noqonuniy egallash, boshqaruv organlari faoliyatiga doir muammolar, shuningdek, quruvchi tashkilotlarning turar joy obyektlarini barpo etishda oraliq masofa talablariga amal qilmayotgani yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.
Ayni damga qadar qurilish sohasida 10 dan ziyod, kommunal yo’nalishda esa 6 ta murojaat qayd etildi.
Sayyor qabul davom etmoqda.