Ommaviy sayyor qabulga start berildi
Bugun Chilonzor tumani hokimligi binosida Respublika ishchi guruhi tomonidan ommaviy sayyor qabul boshlandi.
Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligidan mutasaddilar ishtirok etmoqdalar. Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa mutasaddilar kirish so’zi bilan ochib berdi.
Ta’kidlanganidek, bunday sayyor qabullar aholining muammolarini manzilli o’rganish va maqbul yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunda qabulga kelgan fuqarolar o‘z murojaatlarini bevosita mas’ul tashkilot vakillariga yo‘llash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Sayyor qabul kun davomida o‘z ishini olib boradi.