Ona tili bu o‘zlikni anglashdir
Joylarda ona tilimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbir, adabiy kecha, mushoiralar bo‘lib o‘tmoqda. Bugun erta tongda poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidagi muazzam Alisher Navoiy haykalining poyi anvoyi gullarga to‘ldi. Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, adib-u shoirlar jam bo‘ldilar.
Xususan, tadbirda Qurilishi va uy-joy kommunal xo'jaligi markaziy apparati, tizim tashkiloti xodimlari ham ishtirok etib, o‘zbek tili bayrami munosabati bilan ulug‘ shoir haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.