UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

ONLAYN

Barcha koʻp qavatli uylar tegishli loyiha hujjatlari asosida quriladi va ularning qat’iy nazorati olib boriladi 

Sherzod Hidoyatov - Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari:

      Vazirlar Mahkamasining “Iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda samarali amalga oshirishni tashkil etish to‘g‘risida"gi qarorida koʻrsatilgan statistika ayrim OAV nashrlarida notoʻgʻri talqin qilinganligini ta’kidlash lozim. Qarorda ko‘plab binolar, ayniqsa, yakka tartibdagi uylar qurilish norma va qoidalarini hisobga olmagan holda qurilganligi sababli uy-joy qurilishi obyektlarining 70 foizi seysmik barqaror emas, deyilgan.
     Shuni alohida qayd etish kerakki, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish loyihalari soddalashtirilgan koʻrinishda ishlab chiqilgan. Bu yerda gap yerli xonadonlar, ya’ni hovlilar qurilishi haqida ketmoqda. Ularni esa xonadon egalari oʻz imkoniyatidan kelib chiqib barpo qiladi. Mazkur uylarda konstruktiv yechimlarning aks ettirilishi talab etilmaydi va ushbu loyihalar ekspertizadan oʻtkazilmaydi.     
    *️⃣ Qurilish materiallarini tanlash, ularni tegishli normativ hujjatlarga muvofiq ishlatish qurilishni amalga oshiradigan fuqarolar zimmasida boʻladi. Mazkur loyihalar tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki elektron portal orqali kelishiladi. Shuni yodda tutish kerakki, yakka tartibdagi uy-joylar (yaʼni oʻzi istiqomat qilayotgan uylar)ni sifatli qurish avvalo, uy egasining zimmasidagi birlamchi vazifa hisoblanadi. 
      Vazirlik huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi har bir koʻp qavatli uyning loyiha asosida barpo etilishini nazorat qiladi. Loyiha-smeta hujjatlaridan chiqish holatlari kuzatilsa, uy inspeksiya tomonidan qabul qilinmaydi