UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Onlayn qabul Yashnobod tumani hokimligida Yashnobod va Bektemir tumanlari uchun bo’lib o’tdi

Xabaringiz bor, vazirlik tomonidan poytaxtimizning barcha tumanlarida onlayn qabullar tashkil etilib, aholining kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilinmoqda.

Navbatdagi onlayn qabul Yashnobod tumani hokimligida Yashnobod va Bektemir tumanlari uchun bo’lib o’tdi. 

Jonli muloqotda vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva boshchiligidagi mutasaddilar, xususan, kommunal sohaga daxldor barcha mutasaddi tashkilotlar vakillari, sohada nazorat olib boruvchi inspektorlar hamda ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari ishtirok etdi.

Jarayonda Yashnobod tumani aholisining 60 ga yaqin murojaati o’qib eshittirilib, ularni bartaraf etish choralari belgilab olindi. Bektemir tumanidan esa deyarli murojaat qabul qilinmadi, aksincha aholining boshqaruv tashkilotlaridan minnatdorlik fikrlari kelib tushdi. 

Muhokamalar so‘nggida boshqaruv tashkilotlariga ish samaradorligini oshirish yuzasidan bir qator vazifalar belgilandi.