UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Onlayn uchrashuv qiziqarli muhokamalar bilan davom etmoqda

Onlayn uchrashuv qiziqarli muhokamalar bilan davom etmoqda. 

Ta’kidlash lozimki, ushbu muloqot xorijdagi yoshlarimizning g‘oya va orzularini tinglash, ularni amalga oshirish yo‘llarini topish va har bir yoshga o‘z davlatidagi imkoniyatlarni yaxshiroq tushunishga yordam berishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Mazkur tashabbus muloqotda ishtirok etayotgan yoshlar tomonidan juda iliq kutib olindi.

Jumladan, Fransiyannig Parij shahrida o’qib, hozirda o’z faoliyatini olib borayotgan Humoyun Boboyev tashkilotchilarga o’z minnatdorligini bildirib o’tdi. Shuningdek, u mamlakatimizning ijtimoiy yo’nalishidagi ishlar, xususan, aholining kam daromadli qatlamini uy-joylar bilan ta’minlash mavzusiga qiziqish bildirib o’tdi. 

Bunga javoban vazir mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasiga katta e’tibor berilib kelinayotgani, davlat rahbari tomonidan “xalq manfaati har narsadan ustun” degan ezgu g’oya ilgari surilayotgani va barcha islohotlar shu tashabbus negizida tashkil etilayotganini ta’kidlab o’tdi.

- Inson qadri mamlakatning har bir fuqarosi uchun tinch, xavfsiz va sifatli hayot, ya’ni munosib turmush sharoiti degani. Ijtimoiy davlat, deganda o‘z fuqarolariga muayyan farovonlikni kafolatlaydigan davlat tushuniladi. Yurtimiz bo‘ylab zamonaviy uy-joylar qad rostlayotgani, hayot kechirish uchun infratuzilmalar yaratilayotgani ana shu sa’y-harakatlar samarasidir. 

2017-yildan bugunga qadar respublikamiz bo‘yicha jami 400 mingga yaqin xonadondan iborat salkam 8 mingta ko‘p qavatli uy barpo etildi. Mamlakatimizning demografik o‘sish surati yangi uylarga bo‘lgan talabni tobora orttirmoqda. Shu bois joriy yilda 2,5 ming gektar hududda 53 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etilmoqda. 2030-yilga qadar massivlar sonini 100 taga yetkazish reja qilingan. Kelgusi besh yilda aynan shunday massivlarda yana 250 mingdan ziyod oilani uy bilan ta’minlashni maqsad qilganmiz,- dedi vazir.


Muloqot davomida Sherzod Hidoyatov yoshlarga zarur tavsiyalar ham berib o'tdi.  

"O'z sohasining professionali sifatida shaxsiy rivojlanish murakkab jarayon. U har birimizdan qat'iy intizom, sabr talab etadi. O'z tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, inson qay sohada muvaffaqiyatga erishishni istasa, dastlab ushbu yo'nalishni chuqur o'rganishi shart! Zero, katta-katta natijalarning negizi bilimdir'',- deya ta'kidladi vazir. 

Tadbirda vazir tomonidan yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar, suvni tozalash texnoligiyalarini rivojlantirish, shaharsozlik keskin rivojlanayotgan O'zbekistonda elektr energiya hamda muhandislik tarmoqlarini takomillashtirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar, sohaga sun'iy intellektni qo'llash istiqbollari, qurilish materiallarini ishlab chiqishda mahalliy korxonalar faoliyatini qo'llab-quvvatlash kabi savollarga batafsil javob berildi. 

- Prezidentimiz tashabbuslari bilan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimiga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi uchrashuv Sizlarni tinglash, maqsadlaringizni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilishga yordam berishga qaratilgan. Shubhasiz, sizning fikringiz O‘zbekistonning kelajagi uchun zarur bo'lgan qarorlarni qabul qilishda muhim ahamiyatga ega, - dedi Sherzod Hidoyatov.