Oqova suvlarni tozalash inshootlari o‘rganilmoqda
Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Xorazm suv ta’minoti” AJ mutaxassislari tomonidan aholining markaziy oqova suv tarmoqlaridan foydalanish holati doimiy nazorat qilib borilmqoda.
Xususan Xonqa tumanidagi “Yosh kuch” mahallasining “Yangi O‘zbekiston” massivida oqova suv tizimlarini yaxshilash va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘rganish jarayonida mazkur oqova suvlarni tozalash inshootining loyihaviy quvvati 4000 m³/sutkani tashkil etishi, hozirda esa bu yerda kuniga 1000–1400 m³ oqova suv tozalanayotgani aniqlandi.
O‘rganish kunida inshoot faoliyatida kamchiliklar aniqlanmadi.
Ma’lumot uchun: Ushbu inshoot 2024-yil dekabr oyida foydalanishga topshirilgan bo‘lib, uning ishga tushirilishi natijasida tuman markazidagi 34 ta ko‘p qavatli uy va 12 ta tashkilot oqova xizmatlari bilan qamrab olinib, xizmat sifati sezilarli yaxshilandi.
O‘rganish ishlari viloyat inspeksiyasi tomonidan bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.