UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi va maqsadli dasturlar ijrosining borishini muhokama qilishga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi

 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri o‘rinbosari D.Adilov yigʻilishni kirish soʻzi bilan ochib berar ekan  “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻgʻrisida toʻxtaldi. 

Taʼkidlanganidek,  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-son Farmoni va u bilan tasdiqlangan Davlat dasturida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga jami 41 ta topshiriq belgilangan.

Mazkur topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish va oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida vazirlik tomonidan nazorat rejasi tasdiqlangan boʻlib, bu borada aniq mexanizm, masʼullar va muddatlar belgilab olingan.

Shuningdek, 2024-yilga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishini  taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, ishchi guruhi tashkil etildi.  

Xususan, mahalliy hokimliklar tomonidan toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan hamda taʼmirtalab sanitariya-gigiyena infratuzilmasi mavjud umumtaʼlim maktablari qayta xatlovdan oʻtkazilib,  mavjud muammolarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarga kirishildi. Shuningdek, hududlarda chang-boʻron sodir boʻlayotganda va atmosfera havosida mayda dispers zarrachalarining yuqori normasi boʻyicha zarur profilaktik choralar boʻyicha “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” shaharsozlik norma va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi. Koʻp kvartirali uylarni renovatsiya qilish boʻyicha qonuniy asoslarni yaratish yuzasidan “Renovatsiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Mahalliy hokimliklar bilan birgalikda avariya holatidagi va maʼnan eskirgan koʻp kvartirali uylarni renovatsiya qilish orqali aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida manzilli roʻyxat shakllantirildi.

“2024-yilda ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon loyihasi ishlab chiqildi.

Noqonuniy va sifatsiz qurilishlar bilan kurashish boʻyicha Singapur tajribasi oʻrganildi, ushbu davlat tajribasini chuqur tahlil qilgan holda takliflar shakllantirildi.

Noqonuniy va sifatsiz qurilmalarda seysmik, sanitar va xavfsizlik muammolarini bartaraf etish maqsadida qonunbuzarliklarga qarshi taʼsirchan choralarni kuchaytirish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar kiritildi. Ushbu qonun loyihasi ayni vaqtda Senatda koʻrib chiqilmoqda.
Topshiriqqa koʻra markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimlari yaxshilanib, issiqlik taʼminoti boʻyicha davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida loyihalarning roʻyxati shakllantirildi, umumlashtirish uchun vakolatli organ – Iqtisodiyot va moliya vazirligiga topshirildi.

Shuningdek, “Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari va master rejalarini ishlab chiqishda jamoatchilik ishtirokini joriy etish choralari toʻgʻrisida” qaror loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi va maqsadli dasturlar ijrosi doirasidagi chora-tadbirlar tizimli bajarilib, bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. U bo‘yicha barcha topshiriq va vazifalarni oʻz vaqtida hamda toʻliq bajarish uchun barcha choralar koʻrilmoqda.
 
Ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari qurilishi yoʻnalishida ishlab chiqilgan manzilli dasturga muvofiq 1 896 ta qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarish belgilangan.
Mazkur maqsadlar uchun 20,4 trln.soʻm mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan.

 


Ushbu obyektlarning 1 675 tasini joriy yilda foydalanishga topshirish reja qilingan. Hozirda 1 808 ta obyektlarda moliyalashtirish ochilib,qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish maqsadida maktablar, bogʻchalar, ixtisoslashlgan maktablar, sogʻliqni saqlash, sport va boshqa toifadagi obyektlarning loyihalari qayta koʻrib chiqilib, energiya tejamkor, zamonaviy loyihaviy yechimlardan foydalanilib kelinmoqda.
Natijada loyiha-smeta hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va optimallashtirish hisobiga ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha 1 trln 364 mlrd soʻm iqtisod qilinishiga erishildi. Jumladan, maktab, bogʻcha va ixtisoslash maktablar boʻyicha 967 mlrd soʻm tejaldi.

Bugungi kunda dastur boʻyicha bajarilgan ishlar hajmi  6,6 trln.soʻmni (32,5 foiz) va moliyalashtirish hajmi  7,1 trln.soʻmni (35 foiz) tashkil etmoqda. Natijada 128 ta ijtimoiy soha obyektda ishlar toʻliq yakunlandi.

Yil yakuniga qadar 1547 ta obyektni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Xususan:
- taʼlim muassasalarini 15-avgustga qadar;
- issiqlik taʼminoti, sogʻliqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy muassasalar obyektlarini 1-oktabrga qadar;
- ichimlik va oqova suv, avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlar, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari obyektlarini 1-dekabrga qadar foydalanishga topshiriladi.

Ushbu maqsadda:
- 2 ta obyektning yer ajratish qarorini qabul qilish;
- 6 ta obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
- 17 ta obyektning loyiha-smeta hujjatlariniekspertizadan oʻtkazish;
- 10 ta obyekt boʻyicha pudrat tashkilotini aniqlash uchun yakuniga yetkazish maqsad qilingan. 
 
“Yangi Oʻzbekiston” massivlarini barpo etish va koʻp qavatli uylar qurilishi yoʻnalishida ham qator maqsadlar belgilangan. 

2024-yil 30-apreldagi  70-son Prezident Farmoni bilan joriy yilda 100 mingdan ortiq xonadonli koʻp qavatli uylarni qurish koʻzda tutilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 106-son bayoni bilan 101 ming 281 ta kvartiradan iborat 2 152 ta uy qurish boʻyicha manzilli roʻyxat tasdiqlangan. Unga koʻra: 
- 52 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida 31 ming 317 ta xonadondan iborat 772 ta uylar;
- talab yuqori hududlarda tadbirkorlar tomonidan 69 ming 964 ta xonadondan iborat 1 380 ta uylar quriladi.

Birinchi yarim yillikda 20 mingta xonadondan iborat uylarni foydalanishga topshirishni oldimizga maqsad qilingan boʻlib, hisobot davrida belgilangan reja 96 foizga bajarildi. 19 ming 384 ta xonadondan iborat uylar topshirildi. 
Ikkinchi yarim yillikda 81 ming 897 ta xonadondan iborat 1 748 ta uylarni foydalanishga topshirish reja qilingan.

Ushbu maqsadda quyidagi
ishlarni amalga oshirish lozim:
- 6 ta yer maydonlarini auksionga chiqarish;
- auksionda turgan 24 ta yer maydonlarigainvestorlarni aniqlash;
- 81 ta uyning loyiha hujjatini ishlab chiqishni yakunlash;
- 45 ta uyning loyiha-smeta hujjatini ekspertizadan oʻtkazish;
- 22 ta uy qurilishini nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtkazish; 
- 1 ming 566 ta uyda qurilish ishlarini grafik asosida amalga oshirilishini nazoratga olish zarur.

Bundan tashqari “Yangi Oʻzbekiston” massivlari infratuzilma va muhandislik tarmoqlari qurilishi boʻyicha 800 mlrd.soʻm hajmda ishlar bajarilishi rejalashtirilgan.