UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Texnik kengash aʼzolari, loyiha va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbar hamda mutaxassislari, shuningdek, soha boʻyicha ilgʻor tajribaga ega ekspertlar ishtirok etdilar.

Tadbirda qurilish sohasiga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, energiya tejamkor va barqaror binolar qurish, shuningdek, yangi quriladigan inshootlarning konstruksiyaviy yechimlarini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda qurilish sohasi jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. Bu esa yangi arxitekturaviy va injenerlik yechimlarini qoʻllash, yuqori sifatli hamda iqtisodiy jihatdan samarali qurilish materiallaridan foydalanishni taqozo etmoqda.

Shu munosabat bilan yigʻilishda loyihalash jarayonlariga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, raqamlashtirish jarayonlarini kuchaytirish va ekologik talablarga mos qurilish materiallaridan foydalanish boʻyicha qator takliflar ilgari surildi.

Texnik kengash aʼzolari hamda ekspertlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar va ularni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Yigʻilish yakunida konstruksiyaviy yechimlarni takomillashtirish, qurilish ishlarida sifat nazoratini kuchaytirish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.