"Oʻzbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” qoʻshma loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi
Bugun Texnik me'yorlash va ilmiy-tadqiqot instituti hamda Koreya Qurilish muhandisligi va qurilish texnologiya instituti (KICT) vakillari ishtirokida "Oʻzbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” qoʻshma loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi.
Unda mazkur hamkorlik loyihasi doirasida 80 ta shaharsozlik normalari va qoidalarini takomillashtirish boʻyicha ishlar amalga oshirilganligi qayd etildi. Xususan, 2024-yil uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
1.102 ta shaharsozlik norma va qoidalarini modernizatsiya qilish;
2. Koreyaga ekspertlarning qisqa muddatli stajirovkasini tashkil etish;
3. shaharsozlik sohasiga doir ustuvor vazifalar yuzasidan seminar oʻtkazish;
4. texnik meʼyorlash va ilmiy-tadqiqot instituti saytini takomillashtirish.
Shuningdek, “Oʻzbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” qoʻshma loyihasini ikkinchi bosqichiga doir masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi va istiqboldagi vazifalar belgilandi.






