UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Oʻzbekiston va Turkiya vakillari inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda raqamli dasturlar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda

Avval xabar berganimizdek, davlat xizmatchilaridan iborat delegatsiya ayni kunlarda Turkiya Respublikasida stajirovka oʻtamoqda. Ishtirokchilar orasida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi Kamoliddin Xolmatov va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Gulbahor Mirzayevalar ham bor.

Xususan, Agentlik, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning masʼul vakillari ishtirok etayotgan ushbu stajirovka inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda joriy qilingan raqamli dasturlar faoliyati bilan yaqindan tanishishga yoʻnaltirgan. 

O‘quv seminarlari doirasida ishtirokchilar Turkiya Respublikasi Qishloq va oʻrmon hoʻjaligi, Savdo, Gʻazna va moliya, Shaharsozlik va iqlim oʻzgarishi vazirliklarida boʻlishdi. 

Uchrashuvlarda inson resurslarini boshqarishda joriy qilingan zamonaviy usullar va raqamli yechimlar, ishga kirgan yangi xodimlarni davlat xizmatiga moslashtirish masalalarida oʻzaro tajriba almashildi. 

Shuningdek, Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi hamda mamlakatning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga tashriflar amalga oshirildi.