UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

“Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi

Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Yevropa Ittifoqi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda qo'shma loyiha doirasida ishlab chiqilgan davlat standartining taqdimoti bo'lib o'tdi va ushbu taqdimot orqali axborot kommunikatsiyalaridan keng foydalanish imkoniyatini taʼminlashga qoʻyiladigan talablar, my.gov.uz  portali orqali koʻzi ojizlar uchun yaratilgan tovushli imkoniyatlar, nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatishda odob-axloq talablari kabi masalalar qamrab olingani ko'rsatib o'tildi.

Shuningdek, standartdan o'rin olgan imkoniyati cheklangan - nogironligi boʻlgan shaxslarning yashash faoliyati uchun yaratilgan qulayliklar borasidagi mavzuda vazirlik huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mas'ullari soʻzga chiqdi. 

Xususan, ”Nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish“ SHNQ 2.07.02-22  meʼyoriy hujjatining yangi talqini ishlab chiqilayotganligini yig'ilganlarga ma'lum qillib, oʻz navbatida mazkur standartda qoʻllanilgan 8 dan ortiq SHNQlarning barchasi oʻz kuchini yo'qotgan, eski versiya ekanligini ta'kidladi. 

Uchrashuv so'ngida ishirokchilar kelgusida doimiy hamkorlik qilish va yangi ishlab chiqilayotgan SHNQlar boʻyicha mavjud mulohazalar yuzasidan maʼlumot almashinuvi borasida kelishib oldilar.